Xalqaro yengil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasi (IAAF) Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutkoning rossiyalik atletlarning Rio–2016 Olimpiadasida ishtirok etishiga ruxsat berish iltimosiga rad javobini berdi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
“Biz rossiyalik yengil atletlar bo‘yicha qarorni qayta ko‘rib chiqish so‘ralgan maktub oldik. Biz qaror Lozannadagi Sport arbitraj sudi bilan tasdiqlanganini ma’lum qildik”, — deyiladi IAAF tarqatgan bayonotda.
“68 yengil atletning ishtiroki yuzasidan talabnomalar sinchiklab o‘rganib chiqilgan edi, ulardan faqat bittasi tegishli talablarga javob beradi, deb topildi”, — qo‘shimcha qilib o‘tdi xalqaro sport tashkiloti vakillari.
Shunga qaramay, Rossiyaning badiiy gimnastika jamoasi musobaqalarda ishtirok etishga ruxsat olgani aytilmoqda. Bu haqda Butunrossiya badiiy gimnastika federatsiyasi rahbari Irina Viner-Usmonova ma’lum qildi.
Bundan tashqari, triatlon, taekvondo, batutda sakrash, qilichbozlik va sport gimnastikasi jamoalari musobaqalarda qatnashish huquqini qo‘lga kiritgani ma’lum qilinmoqda.
Izoh (0)