AQShning Pensilvaniya shtatidagi Pittsburg shahrida yuk mashinasi Federal qidiruv byurosi (FQB) bo‘limi binosining xavfsizlik to‘siqlaridan o‘tib ketmoqchi bo‘ldi. Haydovchi jarohat oldi, boshqa hech kimga jabr yetmadi. Bu haqda ABC telekanaliga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Maxsus to‘siqlar yuk mashinasining majmua hovlisiga kirishi uchun xalal berdi. FQB xodimlari mashinani portlovchi qurilma mavjudligiga tekshirib ko‘rdi, ammo hech narsa topilmadi”, – deya aniqlik kiritdi ABC telekanali.
FQB vakilining so‘zlariga ko‘ra, yuk mashinasi Ogayo shtatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Haydovchi hodisadan so‘ng shifoxonaga yotqizildi.
Pittsburgh’s Action News 4 telekanalining ma’lum qilishcha, tartibbuzar 30 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Izoh (0)