Chili qirg‘oqlarida 6,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda AQSh Geologiya xizmati 26-iyul, seshanba kuni ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yerosti silkinishi Tinch okeanining 10 kilometr chuqurligida sodir bo‘ldi. Zilzila epitsentri Chilining Aysen provinsiyasidan 467 kilometr uzoqlikda joylashgan.
Halok bo‘lganlar, vayronagarchiliklar hamda sunami kelishi xavfi haqida hech qanday ma’lumotlar kelib tushmagan.
Izoh (0)