Yaponiyaning Sagamixara shahrida pichoq bilan qurollangan erkakning imkoniyati cheklanganlar uyiga hujum qilishi oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi, yana 26 nafari yaralandi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.
Jarohat olganlarning 20 nafari og‘ir ahvolda ekani ta’kidlanmoqda.
Jinoyatchi 26 yoshli Satoshi Uematsu uyushtirgan hujumdan so‘ng hodisa joyiga yaqin joylashgan politsiya mahkamasiga o‘zini topshirdi. “Men bu ishni qildim. Imkoniyati cheklanganlar yo‘q bo‘lib ketishi yaxshiroq”, — dedi u.
Imkoniyati cheklanganlar uyiga hujum uyushtirgan Satoshi Uematsu avval o‘sha yerda ishlagani taxmin qilinmoqda.
Ayni damda hodisa sabablari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)