Somali poytaxti Mogadishoda joylashgan Afrika ittifoqining Somalidagi missiyasi harbiy bazasiga uyushtirilgan hujum oqibatida kamida 11 nafar somalilik shartnoma asosidagi harbiy xizmatchi halok bo‘ldi, shuningdek, BMTning ikki xodimi jarohat oldi. Bu haqda, tashkilot bosh kotibi rasmiy vakilining o‘rinbosari Farxan Haqqa asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Jarohat olganlar BMT qorovuli xodimlari ekanligi aytilmoqda.
Xudkush terrorchilar tinchlikparvar kuchlar bazasiga minalashtirilgan avtomobillarda yaqinlashib, o‘zini havoga uchirdi. Voqea Mogadisho xalqaro aeroporti yaqinida ro‘y berdi. Birinchi portlash bazaga kirishda sodir bo‘ldi, ikkinchisi esa Somali hukumat qo‘shinlari nazorat qilayotgan nazorat-o‘tkazish punktida amalga oshirildi.
Jinoyat uchun javobgarlikni “ash-Shabob” guruhi o‘z zimmasiga oldi.
Al Jazeera telekanali 13 kishi halok bo‘lgani haqida ma’lumot berdi.
BMT bosh kotibining Somalidagi maxsus vakili Maykl Kiting teraktni qat’iyan qoraladi.
Izoh (0)