Samarqand shahrida 25-iyul, dushanba kuni havo harorati +39,4 darajagacha ko‘tarildi, deya xabar bermoqda “O‘zgidromet” markazi.
Qayd etishlaricha, bu Samarqand shahrida 25-iyul kuni bo‘yicha ob-havo kuzatuvlari tarixidagi eng yuqori haroratdir.
Shaharda bundan avvalgi eng issiq 25-iyul kuni 1962-yilda kuzatilgan bo‘lib, o‘shanda harorat +37,9 darajagacha ko‘tarilgan.
Surxondaryo viloyati ma’muriy markazi Termizda ham shahar tarixidagi eng issiq 25-iyul qayd etildi.
2016 yilning shu kuni Termizda havo harorati +44,1 darajagacha ko‘tarildi — 25-iyuldagi avvalgi rekord 1983-yilda o‘rnatilgan bo‘lib, o‘shanda +43,3 darajaga chiqqandi.
Ma’lumot o‘rnida, 25-iyul kuni Toshkent shahrida havo harorati +41,1 darajagacha ko‘tarildi. Bu shahar tarixidagi eng issiq 25-iyulda qayd etilgan haroratdan 0,6 daraja pastroq — 1925-yilning 25-iyulida Toshkentda havo harorati +41,7 darajagacha ko‘tarilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)