Rossiyaning Qozon shahrida serebral falajga yo‘liqqan 12 yoshli qiz yettinchi qavat derazasidan qulab tushib, omon qoldi. Bu haqda RF FVV Tatariston boshqarmasi ma’lum qildi.
Voqea haqida 25-iyul kechasi xabar qilindi. Chaqiruv bo‘yicha yetib kelgan qutqaruvchilar qizni do‘konning metall soyaboni ustida topdi.
Jabrlanuvchi qiz ikkinchi qavatdagi xonadon orqali chiqarib olinib, evakuatsiya qilindi va tez tibbiy yordam brigadasiga topshirildi. Og‘ir ahvoldagi qiz respublika bolalar klinik shifoxonasiga yotqizildi.
Izoh (0)