O‘zbekiston milliy terma jamoasining asosiy darvozaboni Aleksandr Lobanov “Paxtakor” safiga qaytib keldi. Bu haqda “Championat.asia” “eshitdik-da” sarlavhasi bilan xabar berdi.
Lobanov 2016-yilning yanvar oyida Eronning “Persipolis” klubi bilan shartnoma tuzgandi. Keyinchalik u jamoasi bilan mamlakat chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi. Ko‘rinishidan u Oliy Liga ikkinchi davrasini “Paxtakor” safida boshlaydi.
Aleksandr Lobanov “Persipolis” safida 8 ta o‘yinda ishtirok etib, 10 ta gol o‘tkazib yubordi. Faqatgina bitta bellashuvda darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. Eron klubi O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboniga shartnoma taklif qilmagani uchun u qaytib keldimi yoki o‘zi shuni istadimi — oydinlik kiritilmagan.
Izoh (0)