Jeki Chan ishtirok etgan komediya janridagi “Izma-iz” jangari filmi Xitoyda dam olish kunlaridagi birinchi prokatida 62 million dollardan ortiq mablag‘ to‘pladi. Bu haqda Deadline xabar bermoqda.
Bu 62 yoshli aktyorning butun faoliyati davomidagi eng omadli ko‘rsatkichdir.
Kartina ustida rejissor Renni Xarlin ish olib borgan. Xitoy va AQSh hamkorligida suratga olingan film budjeti 32 million dollarni tashkil etdi. U Malayziya, Singapur, Indoneziya, Vyetnam, Ruminiya va Bolgariyada prokatga chiqdi. 2-sentabrdan esa film Qo‘shma Shtatlarda prokatga chiqadi.
Syujet markazida jiyani jinoiy uyushma qo‘liga tushib qolgan vijdonli politsiyachi (Jeki Chan) bo‘lib, u qizni qutqarish uchun o‘ziga sheriklikka vaysaqi amerikalik (Jonni Noksvil)ni olishga majbur bo‘ladi.
Izoh (0)