Boshqirdistonlik erkak gul do‘konidan atirgullar va o‘yinchoqlarni o‘g‘irlab, ularni ko‘chadagi yo‘lovchilarga tarqatdi. Bu haqda Boshqirdiston Respublikasi bo‘yicha IIV matbuot xizmati “TASS”ga xabar berdi.
“Mahalliy fuqarolardan biri noma’lum shaxs Mir ko‘chasidagi savdo markazi yaqinida joylashgan gul do‘koniga kirib, 900 rubl, yettita atirgul va 1732 rublga teng o‘yinchoqlarni o‘g‘irlab ketganini ma’lum qildi”, – deyiladi xabarda.
Xususiy xavfsizlik xizmati va politsiya xodimlari tartibbuzarni qo‘lga oldi.
Hibsga olingan erkak barcha o‘g‘irlangan narsalarni ko‘chadagi yo‘lovchilarga tarqatib yuborganini aytdi. Voqea yuzasidan “O‘g‘rilik” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Izoh (0)