“AvtoVAZ” birinchi marta Lada Vesta elektrokarining prototipini namoyish qildi, deb xabar bermoqda TJournal.
Avtomobil 82 ot kuchiga ega elektromotor va hajmi 25 kVt/soat akkumulyator batareyasi bilan jihozlangan.
Mashina 15,5 soniya ichida soatiga 100 kilometrgacha tezlik olishi mumkin. Elektromobilning maksimal tezligi soatiga 140 kilometrgacha yetishi ko‘zda tutilgan. Lada Vesta’ning to‘liq zaryaddagi batareya zaxirasi 150 kilometr masofaga yetadi.
Izoh (0)