Afg‘onistonning Nangarxar viloyatida o‘tkazilayotgan harbiy operatsiya chog‘ida IShID terrorchi guruhining rahbarlaridan biri o‘ldirildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mahalliy hokimiyat vakillarining bildirishicha, jangarilarning yetakchilaridan biri bo‘lgan Said Amoratiy Kot tumanidagi Sari Bozor aholi yashash punktida maxsus mo‘ljal kuchlari bilan to‘qnashuv paytida o‘ldirilgan.
“Sinxua” agentligining ma’lum qilishicha, Amoratiy harbiy rahbar o‘rinbosari bo‘lib, Kot tumanida hukumat qo‘shinlariga qarshi kurashga boshchilik qilgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.