“Barselona” klubi qarorgohiga imiji o‘zgargan holda qaytgan hujumchi Lionel Messi jamoa bilan birgalikda yig‘inda ishtirok etish uchun Angliyaga yo‘l oldi. Bu haqda “Sport-Ekspress” xabar bermoqda.
Ta’kidlash joiz, argentinalik futbolchi yangi mavsumga tayyorgarlikni tezroq boshlash uchun ta’til kunlarini qisqartirdi.
Kataloniyaliklarning Angliyadagi yig‘iniga Arda Turan, Luis Suares, Jeremi Matyo va boshqa bir qator futbolchilar yo‘l oladi. 30-iyul kuni “Barselona” Shotlandiyaning “Seltik” klubi bilan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.
Izoh (0)