Xitoyda oxirgi bir hafta mobaynida yog‘ingarchilik va uning oqibatida kelib chiqqan toshqinlar tufayli 126 ming uy vayron bo‘ldi. 344 ming uyga turli darajada zarar yetdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
XXR fuqarolik ma’muriyati vazirligining bildirishicha, mamlakatning o‘nta mintaqasida kamida 164 kishi halok bo‘ldi, 125 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
Ilgari qurbonlar soni 130 kishiga yetgani, 11 kishi bedarak yo‘qolgani xabar qilingan edi.
Eng katta zarar ko‘rgan provinsiyalar Xenan va Xebey bo‘lib, u yerdan 514 ming fuqaro evakuatsiya qilindi, shulardan 125 ming nafari shoshilinch yordamga muhtoj.
Izoh (0)