O‘zbekiston va Iroq milliy terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuvdan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etgan bosh murabbiy Samvel Babayan qaysi futbolchilar uning prinsiplariga to‘g‘ri kelishi va qaysilari to‘g‘ri kelmasligi borasida fikr bildirdi.
“Temurxo‘ja Abduxoliqov? U ba’zi prinsiplarga ko‘ra hozircha terma jamoaga mos kelmaydi”, — deb Babayanning so‘zlaridan “Championat.asia” iqtibos keltirgan. Bu prinsip qanday ekaniga mutaxassis oydinlik kiritmagan.
“Jasur Hasanov terma jamoa uchun yordam beradigan futbolchi. U haqiqiy vatanparvar, termaga mos keladi. Biz Sherzod A’zamovni ham, Rustam Ashurmatovni ham tekshirib ko‘rganmiz. Termaga unga mos futbolchilargina chaqiriladi”, — deb aytgan Samvel Babayan.
Izoh (0)