2016-yilning 23–25-iyul kunlari Jidda shahrida (Saudiya Arabistoni) O‘zbekiston raisligi ostida Islom hamkorlik tashkilotiga (IHT) a’zo davlatlarning iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha Islom komissiyasining 39-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Majlis ishtikorchilari IHT kun tartibi bo‘yicha, shu jumladan, savdo, investitsiya, turizm, qishloq xo‘jaligi, transport va boshqa sohalarda ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga oid masalalar yuzasidan fikr almashdi.
Tadbir davomida Tashqi ishlar vazirlari kengashining bo‘lajak Toshkent sessiyasiga kiritilajak qarorlarning loyihalari bo‘yicha fikr almashildi.
Izoh (0)