Hindiston fuqarosi Jadav Payeng 37 yil davomida suv toshqini va yemirilishdan zarar yetgan orolda daraxtlar ekib kelmoqda. Hozirda o‘rmon 560 gektardan ko‘p joyni egallaydi, deya xabar bermoqda National Geographic.
O‘tmishda Hindistonning Braxmaputra daryosidagi Majuli oroli dunyodagi eng yirik daryo orollaridan biri hisoblangan. Biroq doimiy zilzilalar va suv toshqinlari uning qirg‘oqlarining kuchli yemirilishiga sabab bo‘lgan. Hozirgi paytda uning maydoni avvalgi 1 100 kvadrat kilometrdan 352 kvadrat kilometrgacha qisqarib ketgan.
1979-yilda mahalliy fuqarolardan biri 16 yoshli Jadav “Molay” Payeng navbatdagi suv toshqinidan so‘ng qirg‘oqda sudralib yuruvchilardan birining o‘ligini topdi. Shunda u insoniyatning yordamisiz jonajon o‘lkasiga butunlay yo‘qolib ketish tahdid solayotganligini tushundi va ilk 20 ta niholni ekdi.
Noyob bog‘ o‘z yaratuvchisining sharafiga “Molay o‘rmoni” nomini oldi. Hozir uning hududi 560 gektardan oshadi (taqqoslash uchun Nyu-Yorkdagi mashhur Markaziy bog‘ 341 gektarni egallagan).
O‘rmonda turli-tuman hayvonlar yashaydi. Molay o‘z faoliyatidan hech qanday daromad olmaydi. U rafiqasi va uch nafar farzandi bilan o‘rmonda oddiy kulbada yashaydi. U bir nechta ekologik mukofotlar bilan taqdirlangan.
Izoh (0)