Shimoliy Karolina aeroportida dvigatelida olov chiqqan samolyot favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda, ABC telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Delta kompaniyasiga tegishli Boeing 717 Florida shtatidagi Tampa shahridan Nyu-Yorkka reys amalga oshirayotgan edi. Uning bortida yuzdan ortiq yo‘lovchi bor edi.
Dvigatellardan birida chiqqan yong‘in samolyot havodaligidayoq o‘chirilgani aytilmoqda.
Izoh (0)