Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Rossiya terma jamoasining Rio-de-Janeyrodagi Olimpiada o‘yinlaridagi ishtiroki uchun sportchilar muayyan talablarni bajarishi lozimligini ma’lum qildi. Talablarning bajarilishini tegishli xalqaro federatsiyalar belgilaydi. Ushbu qaror XOQ Ijroqo‘mining Lozannadagi shtab-kvartirada bo‘lib o‘tgan videokonferensiyasi yakunlariga ko‘ra qabul qilindi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Ilgari ma’lum qilinganidek, XOQ Rossiyaning ishtirokini taqiqlash yuzasidan qaror qabul qilishdan bosh tortdi va bu huquqni xalqaro sport federatsiyalariga topshirdi.
“XOQ tegishli hujjatda ko‘rsatilgan talablarga javob bermagan birorta rossiyalik sportchini Rio–2016 Olimpiya o‘yinlariga yaqinlashtirmaydi”, — deyiladi Ijroqo‘m xabarnomasida.
“XOQ talabnomani faqatgina atlet tegishli xalqaro federatsiyani qoniqtiradigan dalillarni keltirgan taqdirdagina qabul qiladi”, — qo‘shimcha qilib o‘tdi ishtirokchilar.
XOQ qaroriga ko‘ra, Rossiya Olimpiya termasining barcha a’zolari qo‘shimcha doping tekshiruvidan o‘tadi. Undan o‘ta olmaganlar XOQ akkreditatsiyasidan mahrum bo‘ladi.
“Har bir rossiyalik atletga ruxsatnoma berilishi test dasturiga muvofiq ravishda tegishli xalqaro federatsiya hamda WADA bilan koordinatsiyada qat’iy nazorat ostiga olinadi”, — deyiladi qaror matnida.
Izoh (0)