AQShning Texas shtatidagi Bastrop shahrida ko‘p xonali uyda to‘rt kishi otishma oqibatida halok bo‘ldi, yana bir nafar bolakay jabrlandi. Bu haqda, “TASS” agentligiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, to‘rt insonning hayotiga zomin bo‘lgan kishi o‘z joniga qasd qilgan. Uning motivlari nima bo‘lgani haqida ma’lum qilinmagan.
Jabrlangan bolakay shifoxonaga yotqizilgan, uning hayoti xavf ostida emas.
Politsiya xodimlari bo‘lib o‘tgan hodisa yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlab yubordi.
Izoh (0)