Xitoy poytaxti Pekin chetidagi Badalin safari bog‘ida mashinadan ruxsatsiz tushgan ikki sayyoh ayolga yo‘lbarslar hujum qildi. Buning oqibatida ulardan biri halok bo‘ldi, ikkinchisi esa yaralandi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Aytilishicha, ayollar janjallashib qolgan, ulardan biri mashinadan tushib, piyoda ketmoqchi bo‘lgan, shunda unga yo‘lbars tashlanib, yo‘l ichkarisiga sudrab ketgan.
Ikkinchi ayol mashinadan tushib, dugonasiga yordam berishga oshiqqan, ammo shu paytda unga boshqa yo‘lbars hujum qilgan.
Izoh (0)