So‘nggi vaqtlarda Gruziya shaharlarida yangi tendensiya boshlandi — piyodalar o‘tish joylari imkon qadar sezilarli bo‘lishi uchun harakat qilinmoqda, deya xabar bermoqda Friend in Georgia loyihasi.
“Gruziyada yo‘l harakati qoidalari tez-tez buzilishi birov uchun yangilik emas. Gruziya shaharlari tatbiq etayotgan yangilik esa haydovchilarni hech bo‘lmasa hayron qolganidan piyodalarga yo‘l berishga majbur qiladi”, — deyiladi loyiha xabarida.
Quyidagi suratlar Gruziyaning Tbilisi, Kutaisi, Poti va Gori shaharlarida olingan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)