Arab mamlakatlari to‘rtligi (Bahrayn, Misr, Birlashgan Arab Amirliklari va Saudiya Arabistoni) Eronning arab davlatlari ichki ishlariga aralashuvini qoraladi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Uchrashuv Mavritaniya poytaxti Nuakshotda o‘tkazilayotgan Arab davlatlari ligasiga a’zo mamlakatlar TIV rahbarlari yig‘ilishi doirasida bo‘lib o‘tdi.
To‘rtlik Tehron hukumatini arab mamlakatlari ichki ishlariga aralashuviga chek qo‘yish, terrorchilik guruhlari va tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlashga yakun yasash, shuningdek, arab mamlakatlariga nisbatan tajovuzkor bayonotlarini to‘xtatishga chaqirdi.
Nuakshotda chop etilgan hujjatda Eron bilan munosabatlar mamlakatlar suverenitetini hurmat qilish va yaxshi qo‘shnichilik tamoyillariga asoslanishi lozimligi haqida so‘z boradi.
Izoh (0)