Norvegiyalik shaxmatchi Magnus Karlsen Ispaniyaning Bilbao shahrida yakuniga yetib borayotgan Masters final turnirida 22-iyul, juma kuni 9-tur doirasida gollandiyalik Anisha Girini mag‘lubiyatga uchratib, muddatidan avval g‘olibga aylandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Musobaqaning 9-turida, shuningdek, rossiyalik Sergey Karyakin amerikalik Xikaro Nakamura bilan durang o‘ynadi. Xitoylik Vey I va amerikalik Uesli So bahsida ham g‘olib aniqlanmadi.
Mazkur turnirda har bir g‘alaba uchun 3 ochko, durang uchun esa 1 ochko taqdim etiladi. 9-turdan so‘ng turnir jadvali quyidagicha ko‘rinish oldi.
1. Magnus Karlsen (Norvegiya) – 16 ochko
2. Xikaro Nakamura (AQSh) – 11 ochko
3—4. Vey I (Xitoy) va Uesli So (AQSh) – 10 ochkodan
5. Sergey Karyakin (Rossiya) – 8 ochko
6. Anisha Giri (Gollandiya) – 6 ochko
Masters final turniri 23-iyul, shanba kuni o‘z poyoniga yetadi.
Izoh (0)