Kaliforniyalik kolleksiyachiga tegishli bo‘lgan mayya xalqining yettita qadimiy artefakti 22-iyul, juma kuni Gvatemalaga qaytarildi. Ular bir necha o‘n yillar ilgari Markaziy Amerikadan o‘g‘irlab ketilgan edi. Bu haqda The Los Angeles Times ma’lumotiga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

Foto: EPA

Foto: EPA

Artefaktlar mayya iyerogliflari o‘yib tushirilgan to‘rtta katta va uchta uncha katta bo‘lmagan ohaktosh bo‘lagidir.

“Bu fragmentlarning yoshi 1000 yildan ortiq. Ular Gvatemala xalqi uchun madaniy ahamiyatga ega, ular bebahodir”, — dedi Federal qidiruv byurosi direktorining yordamchisi Deydra Fike. Federal rasmiylar artefaktlar 1970-yillarda kolleksiyachi tomonidan sotib olinganligini ma’lum qildi. Biroq u fragmentlar o‘g‘irlanganligidan xabardor bo‘lmagan.

Kolleksiyachi shu yilning boshida vafot etgandan keyin uning merosi boshqaruvchisi artefaktlar qayerdan keltirilganligi yoki ularning AQShga olib kirilish sanasini aniqlay olmasdan, FQB bilan bog‘langan.