Xitoyda tezyurar magistrallar ishga tushgandan keyingi sakkiz yil davomida tezyurar poyezdlar besh milliarddan ortiq yo‘lovchini tashidi. Bu haqda Xitoy temiryo‘l korporatsiyasi (China Railway Corporation, CRC) ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
XXR taraqqiyot va islohotlar masalalari bo‘yicha davlat qo‘mitasining ma’lum qilishicha, Xitoy hukumati 2025-yilga qadar tezyurar magistrallar masofasini ikki barobarga oshirishni rejalashtirmoqda. Hozirgi paytda ularning uzunligi 19 ming kilometrni tashkil etadi. Bu dunyo bo‘yicha shunday yo‘llar uzunligining taxminan 60 foizini tashkil etadi.
Izoh (0)