Rossiyaning Petrozavodsk shahrida 20-iyul, chorshanba kuni trolleybusni yashin urdi, hech kim jabrlanmadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Kecha, 20-iyul kuni mahalliy vaqt bilan 22:56 da depo tomon yo‘l olayotgan 1-raqamli yo‘nalishdagi trolleybusni yashin urdi. Razryad mashinaning old qismiga borib tushdi. Natijada tutun chiqa boshladi. Haydovchi trolleybusni to‘xtatdi va uning ichidagi 3–4 nafar yo‘lovchi mustaqil ravishda tashqariga chiqdi. Yong‘in 8 daqiqa ichida bartaraf etildi. Trolleybus katta zarar ko‘rdi”, – deb ma’lum qildi Kareliya bo‘yicha FVV.
Petrozavodskda shunga o‘xshash yashin urishi 2007-yilda kuzatilgandi. Hududda yashin urishi bilan bog‘liq boshqa hodisalar kuzatilmagan.
Izoh (0)