Portugaliya terma jamoasi va “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Madeyra orollarida o‘zining besh yulduzli mehmonxonasiga ega bo‘ldi. Bu haqda “Sport-ekspress” nashri Le Figaro’ga asoslanib xabar berdi.
Le Pestana CR7 Hotel deb nom olgan mehmonxona 48 nomerdan iborat bo‘lib, unda qo‘nim topish sutkasiga 215 yevrodan 700 yevroga qadar bo‘ladi. Uning ishga tushishi Le Pestana CR7 Hotel mehmonxonalar tarmog‘iga qo‘yilgan qadam bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)