Kanada IShIDga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro koalitsiya a’zolarining umumiy harakatlari doirasida Iroqda dala gospitalini joylashtiradi. Bu haqda 20-iyul, chorshanba kuni Kanada mudofaa vaziri Xarjit Singx Sajan ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Koalitsiyaning Iroqdagi harakatlarida bo‘shliqlar borligi aniqlandi, ularni to‘ldirish zarur. Shulardan biri bu tibbiy muassasalardir”, — dedi vazir. Uning so‘zlariga qaraganda, Kanada Iroqqa 60 nafar harbiy shifokorni yuborishni rejalashtirmoqda.
Gospitalni esa yil davomida Irbil shahri yaqinida front yonidagi joylarga joylashtirish rejalashtirilmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)