Koreya Respublikasi prezidenti mamlakatda AQShning THAAD raketaga qarshi mudofaa tizimining joylashtirilishini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda u Seulda Milliy xavfsizlik kengashining majlisida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Hukumat THAAD tizimini kengaytirish haqida qaror qabul qildi, chunki bu mamlakat va xalqni Shimoliy Koreya tomonidan bo‘layotgan tahdiddan himoya qilishning eng yaxshi yo‘li degan xulosaga keldi. Shuning uchun bunga qarshi chiqayotganlar o‘zining yaxshiroq rejasini taklif qilsin”, — deya ta’kidladi Pak Kin Xe.
Janubiy Koreya muxolifatining bir qismi hamda THAAD batareyalari va radari joylashtirilishi taxmin qilinayotgan Sonju tumani aholisi bu qarorga qarshi chiqmoqda. Ular Xitoy va Rossiya bilan munosabatlarning yomonlashishi, shuningdek, radar nurlanishining yaqin atrofda yashovchi aholi sog‘lig‘iga salbiy ta’sir qilishidan xavotir olmoqda.
Izoh (0)