• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentda O‘zbekiston – Fransiya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi

    Toshkentdagi Xalqaro hamkorlik markazida 20-iyul kuni Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Fransiya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

    Foto: UzReport

    Foto: UzReport

    Tadbirda ikki mamlakatning iqtisodiyot, savdo, sarmoya, eksport, neft-gaz, bank-moliya, qishloq va suv xo‘jaligi, aviatashuv, farmatsevtika, yuqori texnologiyalar, sayyohlik, transport va transport kommunikatsiyalari, kimyo, oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish kabi sohalar uchun mas’ul vazirlik va idoralari, firma va kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

    O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri, komissiya hamraisi Elyor G‘aniyev mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini, bunda ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotganini alohida ta’kidladi.

    Fransiya O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqidagi faol hamkorlaridan. Mamlakatlar o‘rtasida imzolangan daromadlarning ikki tomonlama soliqqa tortilishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda daromad va kapital soliqlarini to‘lashdan bosh tortishni bartaraf etishga, investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilishga, iqtisodiyot, fan-texnika, madaniyat va havo transporti sohalarida hamkorlikka oid bitimlar o‘zaro aloqalar rivojiga xizmat qilmoqda. Ikki davlat makroiqtisodiyot, moliya, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni boshqarish uchun kadrlar tayyorlash yo‘nalishida ham samarali hamkorlik qilmoqda. O‘zbekiston olimlari fransiyalik mutaxassislar bilan birgalikda Quyosh energiyasini o‘rganish, yuqumli kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashish, seleksiya kabi sohalarda tadqiqotlar olib bormoqda.

    Savdo sohasida O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasida eng ko‘p qulaylik yaratish tartibi joriy qilingan. 2015-yili o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 300 million dollardan oshdi. Joriy yilning yanvar-iyun oylarida ushbu ko‘rsatkich 150 million dollardan ziyodni tashkil qildi. O‘zbekistonda fransiyalik sarmoyadorlar ishtirokida 15 korxona tuzilgan. Fransiyaning 11 kompaniyasi mamlakatda o‘z vakolatxonasini ochgan.

    “Fransiya O‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor bilan qaraydi, — dedi Fransiya Tashqi ishlar va xalqaro rivojlanish vazirligining tashqi savdo, sayyohlikni rivojlantirish va xorijdagi fransuz fuqarolari masalalari bo‘yicha davlat kotibi, komissiya hamraisi Matias Fekl. — Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi muttasil oshib bormoqda. So‘nggi besh yil ichida O‘zbekistondan Fransiyaga import qilingan mahsulotlar hajmi 60 foizga oshgani bu boradagi hamkorligimiz izchil taraqqiy etayotganidan dalolatdir. Fransiyalik ishbilarmonlarning o‘zbekistonlik sheriklar bilan hamkorlik o‘rnatishga, mavjud aloqalarni yanada mustahkamlashga bo‘lgan qiziqishi yil sayin ortib bormoqda. O‘zbekiston ko‘plab sohalarda, jumladan, ilm-fan, madaniyat va sayyohlik kabi jabhalarda ulkan salohiyatga ega mamlakat. Savdo, iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, texnika va texnologiyalar yo‘nalishlarida uzoq muddatli sheriklik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va kengaytirishdan manfaatdormiz”.

    Anjuman ishtirokchilari O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasidagi o‘zaro savdo aylanmasi hajmini yanada oshirish, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni mustahkamlashdan ikki tomon ham manfaatdor ekanini ta’kidladi.

    Fransiya delegatsiyasi O‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy siyosat samaralari, mamlakatning eksport salohiyati, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning hamda xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning puxta ishlab chiqilgan mexanizmi, industrial zonalardagi keng imkoniyatlar va imtiyozlar bilan tanishtirildi. O‘zaro hamkorlikni yanada faollashtirish uchun mavjud salohiyatdan to‘liq foydalanish zarurligi ta’kidlandi.

    Shu kuni O‘zbekiston va Fransiya ishbilarmon doiralarining davra suhbati bo‘lib o‘tdi. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirish, qo‘shma korxonalar sonini va o‘zaro savdodagi mahsulotlar turini ko‘paytirish masalalariga e’tibor qaratildi. O‘zbekiston va Fransiyaning iqtisodiy salohiyati, imkoniyatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

    Davra suhbati yakunida O‘zbekistonning qator kompaniya va korxonalari hamda Fransiya ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida kooperatsion birja va biznes maslahatlashuvlari o‘tkazildi. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tovarlarni Fransiyaga eksport qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

    Hukumatlararo komissiya majlisi doirasida O‘zbekistonda asinxron tortishli elektr dvigatellari ishlab chiqarish, aviatashuv va farmatsevtika sohalardagi hamkorlikka oid qator hujjatlar imzolandi,

    Fransiya delegatsiyasi a’zolari O‘zbekistonning turli vazirlik va idoralarida ham muzokaralar o‘tkazdi.

    20.07.2016, 21:14   Izoh (0)   2684
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Erdo‘g‘onga talab qo‘yayotgan olomon, tiklanayotgan Orol, Sirg‘ali bozoridagi “zilzila” va kunning boshqa muhim yangiliklari

    20.07.2016, 20:09

    Shoshiling! Heritage do‘konidagi gilamlarga berilgan chegirma tugashiga 10 kun qoldi

    20.07.2016, 16:47

    Huawei Toshkentdagi Inha universiteti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi

    20.07.2016, 16:16

    Korporativ boshqaruv markazi MBA kurslariga qabul e’lon qildi

    20.07.2016, 14:27

    FVV Sirg‘ali bozorida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazdi

    20.07.2016, 13:02

    “Kamolot” yosh jurnalistlar uchun uch kunlik media-trening o‘tkazdi

    20.07.2016, 12:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud

     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Oq otdagi shahzodasini kutayotgan o‘zbek shou-biznesi vakillari

    Layfstayl | 13 may, 19:40

    NATO sobiq bosh kotibi Trampga qarshi turish uchun klub tuzishga chaqirdi

    Dunyo | 13 may, 19:30

    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan

    Reklama | 13 may, 19:30

    Maksim Shatskix “Andijon” bosh murabbiyi etib tayinlandi

    Sport | 13 may, 19:29

    Qozog‘istonda onasidan ayrilgan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 13 may, 19:20

    Shavkat Mirziyoyev Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakilini qabul qildi

    O‘zbekiston | 13 may, 19:18
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.