Poytaxtda Shengen vizasi olish uchun talabnoma beriladigan Chexiyaning VFS viza markazi ochildi. Markaz Amir Temur shoh ko‘chasidagi “Oriyent” biznes markazining 5-qavatida, 503-ofisda joylashgan. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
Chexiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi saytida viza olish uchun talabnoma taqdim etilayotganida shaxsiy ishtirok shart ekanligi ma’lum qilingan.
Viza markazi o‘zining saytida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarning to‘liq to‘plami taqdim etilmaguncha ularni qabul qilishga haqqi yo‘qligi bildirilgan.
Izoh (0)