Serbiyada 78 nafar qochoqni Yevroittifoq hududiga noqonuniy ravishda yo‘naltirmoqchi bo‘lgan 6 kishi 19-iyul, seshanba kuni hibsga olindi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, qochoqlarning chegaradan noqonuniy o‘tkazishning ikkita holati aniqlangan. Birinchi holatda Bolgariya chegarasida mikroavtobus ichida 37 nafar afg‘onistonlik va pokistonlik bo‘lgan. Ikkinchi holat ham Bolgariya bilan chegarada aniqlangan bo‘lib, unda 41 nafar suriyalik qochoq aniqlangan.
Avvalroq Serbiya muhojirlarni chegaradan o‘tishi borasida qo‘shimcha kuch jalb qilgani haqida ma’lum qilgandi. Xususan, mamlakatning Bolgariya va Makedoniya bilan chegarasida har ikki tomon hamkorligida politsiya va harbiy xizmat xodimlarining patrul nazorati qo‘yilgan.
Izoh (0)