Jurnalist Pavel Sheremetning avtomobilida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 0,4 dan 0,6 kilogramm trotil kuchiga ega yasama portlovchi qurilma ishga tushgan. Bu haqda Ukraina IIV rahbarining maslahatchisi Zoryan Shkiryak ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, masofadan yoki bir muddatdan so‘ng ishga tushiriladigan yasama portlovchi qurilma ishga tushgan. Qurilma quvvati trotil ekvivalentida 400 dan 600 grammni tashkil etadi”, — deb yozdi Zoryan Facebook’dagi sahifasida.
Tezkor-surishtiruv ishlari davom etmoqda, ekspertlar ish olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kiyevda 20-iyul, chorshanba kuni mahalliy vaqt bilan 7:45 da avtomobil portlashi oqibatida taniqli jurnalist Pavel Sheremet halok bo‘lganligi haqida xabar berilgan edi. U uyidan atigi bir necha o‘n metr siljishga ulgurgandi.
Izoh (0)