Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

10-sentabr kuni Kolumbiyada start oladigan futzal bo‘yicha Jahon Chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston futzal terma jamoasi Qozog‘istonga qarshi 2 ta o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.

Foto: O‘FA

Foto: O‘FA

O‘zbekiston Futzal Assotsiatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, 9—10-avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan bellashuvlarga Olmaota shahri mezbonlik qiladi.

O‘zbekiston Jahon Chempionatining “A” guruhida mezbon Kolumbiyadan tashqari Portugaliya va Panamaga qarshi kurash olib boradi. 2016-yilgi Yevropa Chempionatida Ispaniya va Rossiyadan keyin uchinchi bo‘lgan Qozog‘iston esa “E” guruhida Argentina, Salomon orollari, Kosta-Rika kabi termalar bilan to‘qnash keladi.

O‘zbekiston futzal terma jamoasi 2016-yilgi Osiyo Chempionatini vitse-chempion sifatida yakunlagan bo‘lsa, Qozog‘iston termasi shu yil o‘tkazilgan Yevropa Chempionatida Xorvatiya, Italiya, Serbiya kabi mamlakatlarni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgan.

12—13—14-iyul kunlari Tojikiston termasiga qarshi 3 ta o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushgan O‘zbekiston termasi 1 ta o‘yinda 2:1 hisobida ustun kelgan, qolgan ikkitasida 3:3 va 5:5 hisoblarida durang o‘ynagandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Mashina olib berishni vaʼda qilib, 248 kishini 12 mlrd so‘mga chuv tushirgan firibgarlarga hukm o‘qildi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi xonadonda iftorlik qildi (video)
Dunyo
Blinken AQSH fuqarolarini zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi