Kanadalik fotosuratchi Elizabet Spens chaqaloq va it bir-birini quchib uxlayotgani aks etgan suratlar seriyasini yaratdi. Ayol ushbu kadrlarni joylaydigan Instagram sahifasiga 40 mingga yaqin kishi obuna bo‘lishga ulgurdi.
Spens bir o‘rinda mizg‘iyotgan farzandi va itini doimiy ravishda suratga tushirib boradi. Nora laqabli it sakkiz oylik Archining kunduzgi uyqusi chog‘ida hamisha uning yonida yotadi.
Izoh (0)