Istanbulda minglab namoyishchilar Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni qo‘llab-quvvatlash uchun shaharning tarixiy qismiga yig‘ildi va mamlakatda harbiy to‘ntarishga urinish ishtirokchilariga nisbatan o‘lim jasozi qo‘llanishini talab qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Turkiyada harbiy to‘ntarishga urinish muvaffaqiyatsiz yakunlangach, demokratiyani qo‘llab-quvvatlash maqsadida butun mamlakat bo‘ylab namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda.
Avvalroq Erdo‘g‘on Turkiyada o‘lim jazosi joriy qilinishi mumkinligini haqida aytib o‘tgandi.
Eslatib o‘tamiz, to‘ntarishga urinish oqibatida 208 kishi halok bo‘ldi, 1 500 nafari turli tan jarohatlarini oldi.
Izoh (0)