Buyuk Britaniya 2017-yilning ikkinchi yarmida Yevropa Ittifoqi Kengashiga raislik qilishdan bosh tortdi. Bu haqda, AFP’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Agentlikning Britaniya bosh vaziri devonxonasi bergan ma’lumotga asoslanib yozishicha, hukumat rahbari Tereza Mey bu haqda Kengash prezidenti Donald Tuskni telefon suhbati chog‘ida boxabar qilgan.
Amaldagi grafik bo‘yicha Buyuk Britaniya 2017-yilning 1-iyulidan boshlab olti oy davomida kengashga raislik qilishi lozim edi.
Tereza Mey bosh vazirlik lavozimida Donald Tusk bilan birinchi marta suhbat o‘tkazdi.
Izoh (0)