AQShning Klivlend shahrida Respublikachilar partiyasining yig‘ini bo‘lib o‘tayotgan joy yaqinida turgan politsiya avtomobili yonida otishma sodir bo‘ldi, deb yozadi “RBK”.
Qurbonlar haqida xabar kelib tushganicha yo‘q.
Keyinroq Klivlend politsiyasi o‘z Twitterida ma’lum qilishicha, avtomobil o‘qqa tutilmagan.
Klivlend shahrida respublikachilar yig‘ini vaqtida kuchli xavfsizlik choralari ko‘rildi, bu Luiziana va Texasda politsiyachilarning o‘qqa tutilishi bilan bog‘liq so‘nggi hodisalarga borib taqaladi. U yerda hujumlar natijasida sakkiz nafar tartib posboni halok bo‘lgan.
Izoh (0)