Xalqaro olimpiya qo‘mitasi ijroiya qo‘mitasining 19-iyul kuni o‘tkazilgan telefon konferensiyasi yakunlariga ko‘ra Rossiyaga ishonchsizlik bildirish va mamlakatda xalqaro musobaqalarning tashkil etilishini qo‘llab-quvvatlamaslik qarori qabul qilindi. Bu haqda “Sport Ekspress” xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 18-iyul kuni WADA mustaqil komissiyasining 2014-yilgi Sochi Olimpiadasida yo‘l qo‘yilgan doping qallobliklari yuzasidan yakuniy hisoboti e’lon qilindi. Unda, jumladan, qallobliklarga Rossiyaning ko‘pgina yirik davlat mansabdorlari aloqadorligi aytildi. Shu munosabat bilan Xalqaro olimpiya qo‘mitasining shoshilinch yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda, shuningdek, qishki sport turlari bo‘yicha Xalqaro federatsiyalarga Rossiyada o‘tadigan barcha yirik turnirlarga (jahon chempionatlari, Jahon kubogi bosqichlari) tayyorgarlik ko‘rishni muzlatib qo‘yish va boshqa tashkilotchilarni topish tavsiya etildi.
Izoh (0)