Turkiya qurolli kuchlari vakillari butun mamlakat nazorat ostiga olinganini ma’lum qildi. Bu haqda, Reuters agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Turkiya bosh shtabi bayonotida aytilishicha, isyon tayyorlanayotgani haqidagi ilk ma’lumotlar 15-iyul soat 16:00 da olingan. Shuningdek, bosh shtab harbiylarning aksariyati isyonga aloqador emasligini ma’lum qilmoqda.
Bayonotda harbiy to‘ntarishga aloqador barcha shaxslar qattiq jazolanishi ta’kidlab o‘tildi.
Izoh (0)