2015-yil noyabrida Rossiyaning Su-24 bombardimonchisi urib tushirilgan Turkiya harbiy-havo kuchlari operatsiyasida ishtirok etgan ikki uchuvchi harbiy to‘ntarishga urinishga aloqadorlikda gumon qilinayotgan ming kishi tarkibida qo‘lga olindi. Bu haqda yuqori mansabli turk amaldoriga tayanib, AFP xabar berdi, deb yozadi “Vedomosti”.
16-iyul kuni Anqara meri Melix Gyokchek Rossiyaning Su-24 samolyotini urib tushirgan bir uchuvchi harbiy isyon ishtirokchisiga aylanganini ma’lum qilgan edi.
Gyokchekning so‘zlariga ko‘ra, Qurolli kuchlardagi ushbu to‘ntarishni boshlagan parallel tizim Rossiya bilan aloqalar yomonlashuvi uchun mas’uldir. Turkiya hukumati bu haqda bilgan, ammo shu paytgacha bu borada gap ochmagan.
Izoh (0)