Jahonda OIV virusiga chalinish holatlari yiliga 2,5 million kishini tashkil etmoqda. Bu ma’lumot Britaniyaning The Lancet tibbiy jurnalida chop etilgan tadqiqotda aks etgan, deb xabar beradi “TASS”.
2005–2015-yillar orasida bu ko‘rsatkich 2,5–2,6 million darajasida saqlanib turgan.
Tadqiqotchilarning fikricha, bu raqamlar OITSga qarshi kurash sohasida o‘sish amalda yo‘qligini ko‘rsatadi.
Izoh (0)