Yurak faoliyatidagi yetishmovchilik, saraton, o‘pka kasalliklari va diabet 70 yoshgacha bo‘lgan kishilardagi o‘limning eng keng tarqalgan sabablari hisoblanadi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’ruzasida aytiladi, deb yozadi “TASS”.
“Global ko‘lamda ushbu to‘rtta yuqumli bo‘lmagan kasallik barqaror rivojlanishga katta xavf solgan holda, 70 yoshgacha bo‘lgan odamlar o‘limining eng ko‘p tarqalgan sababchisidir”, — deya ta’kidlanadi ma’ruzada.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti qayd etishicha, ayni paytda yuqumli bo‘lmagan kasalliklar hissasiga global ko‘lamda o‘limning qariyb 70 foizi to‘g‘ri keladi, ularning ko‘pchiligi past va o‘rtacha daromadga ega mamlakatlarda kuzatiladi.
Izoh (0)