Turkiyada 17-iyul kuni amalga oshirilgan harbiy to‘ntarish davomida 208 kishi halok bo‘ldi, 1500 kishi jarohatlandi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Binoli Yildirim bayonot berdi, deb yozadi “TASS”.
“Kamida 208 kishi, shu jumladan, 60 politsiyachi, uch harbiy xizmatchi va 145 tinch fuqaro halok bo‘ldi”, — dedi u Anqarada o‘tkazilgan hukumat yig‘ilishidan keyingi bayonotida.
“Bu raqam yana o‘sishi mumkin”, — qo‘shimcha qildi Binoli Yildirim.
Ilgariroq Turkiya tashqi ishlar vazirligi 190 fuqaro, 100 isyonchi halok bo‘lganini, 1400 kishi jarohatlanganini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)