Xalq ta’limi vazirligi tomonidan “Boshlang‘ich ta’limni modernizatsiyalash orqali o‘quv-tarbiya jarayoni sifati va samaradorligini oshirish” mavzusida boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining forumi tashkil etildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot markazi “Daryo”ga ma’lum qildi.
Xalq ta’limi vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda ilk marotaba tashkil etilgan mazkur forumda boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida, jumladan, chet tillarni o‘rganish tizimida olib borilayotgan ishlarning sifat va samaradorligini oshirish, tizimga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etish, o‘qituvchilarning ijodkorligi va kasbiy mahoratlarini takomillashtirish, ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish kabi mavzularda muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
Forumda chet tili o‘qituvchilarining bu boradagi malakasini oshirish, nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish, maktabda, ayniqsa, boshlang‘ich sinflarda chet tillarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi. Ushbu masalalarning ilmiy-amaliy yechimlariga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi. Chet tillarni o‘qitishni takomillashtirish borasidagi vazifalar belgilab olindi.
Izoh (0)