To‘rt nafar Qozog‘iston fuqarosi 14-iyul, payshanba kuni Fransiyaning Nitssa shahrida yuz bergan terrorchilik hujumi qurboniga aylandi, deb yozadi “TASS” Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligiga tayanib.
“Qayg‘u bilan ma’lum qilamizki, respublika fuqarolari Panchenko Lyubov (1956-yilda tug‘ilgan), Panchenko Marina (1983), Panchenko Silviya (2013) va Otto Natalya (1959) Nitssadagi terakt qurbonlariga aylandi. Ularning qarindosh va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz”, — deyiladi mamlakat tashqi siyosiy muassasasining Twitter’dagi rasmiy sahifasida.
1/2 С прискорбием сообщаем, что граждане РК Панченко Любовь (1956), Панченко Марина (1983), Панченко Сильвия (2013) и Отто Наталья (1959)...
— MFA Kazakhstan 🇰🇿 (@MFA_KZ) July 17, 2016
“Qozog‘iston TIV halok bo‘lganlarning qarindoshlariga barcha zarur yordamni taqdim etadi”, — deya ta’kidlanadi xabarda.
2/2 стали жертвами теракта в Ницце. Соболезнуем родным и близким. МИД Казахстана окажет всю необходимую помощь родственникам погибших
— MFA Kazakhstan 🇰🇿 (@MFA_KZ) July 17, 2016
14-iyul, payshanba kuni kechqurun yuk mashinasi bor tezligida Nitssadagi Ingliz qirg‘og‘ida to‘planib turgan olomon ustiga bostirib bordi, u yerda Fransiya Milliy bayrami munosabati bilan otilgan mushaklarni tomosha qilayotgan minglab odamlar to‘planib turgan edi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 84 kishi halok bo‘lgan.
Izoh (0)