Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Olmaota shahrida milliy xavfsizlik qo‘mitasi departamenti va politsiyaga uyushtirilgan qurolli hujumni terakt deb atadi. Bu haqda u Ostonada bo‘lib o‘tgan Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida aytib o‘tdi, deb xabar beradi “RBK”.
“Bugun Olmaotada terrorchilik akti sodir etildi va, afsuski, yana insonlar orasida qurbonlar bo‘ldi”, — dedi Nazarboyev.
Shuningdek, davlat rahbari shaharda huquq-tartibotni saqlash uchun barcha choralar ko‘rish, turli vahimali gap-so‘zlar tarqalishining oldini olish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.
“Olmaota aholisini muntazam boxabar etib turish lozim. Mishmishlar tarqalishining oldini olish va provokatorlarni aniqlash kerak”, — dedi Nazarboyev.
Olmaotadagi otishmada, oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, to‘rt kishi halok bo‘ldi.
Izoh (0)