Janubiy Koreyada turistik avtobus katta tezlikda kelib, beshta yengil avtomobilni urib o‘tdi. Mashinalar tunnel kirishidagi tirbandlikda to‘planib qolgan edi, deb xabar beradi “Chosun.com” agentligi.
YTH oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, 16 kishi jarohat oldi.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, YTH avtobus haydovchisi rulda uxlab qolgani tufayli kelib chiqqan bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)