Uels terma jamoasi va Madridning “Real” klubi a’zosi Garet Beyl uylanishga qaror qildi. U o‘zining bolalikdagi sevgilisi Emma Rays-Jonsning qo‘lini so‘radi, deb yozdi “ISport”.
Beyl 27 yoshini nishonlagan tug‘ilgan kuni vaqtida Emmaning qo‘lini so‘radi. Baxtli ayol esa Garetning so‘roviga “Ha!!!” deb javob qaytardi. Bu haqda futbolchining o‘zi “U ha deb javob berdi! Men bu tug‘ilgan kunni uzoq vaqt unutmayman” deb Twitter sahifasida izoh qoldirdi.
Garet va Emmaning ikki nafar qizalog‘i bor. Ayni vaqtda ular yozgi ta’tilni birgalikda o‘tkazmoqda.
Izoh (0)